“Yil jangi”da “Barselona” g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Ispaniya La Ligasining 31 turida Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Atletiko”sini mag‘lub etib, 7 tur qolgan bo‘lishiga qaramay LaLiga chempionligi masalasini deyarli hal qildi.

Uchrashuv to‘liq mezbonlar ustunligida bo‘lib o‘tdi. Bahsning yakuniy pallasida Albaning pasidan so‘ng Luis Suares hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 1 daqiqa o‘tib, Lionel Messi uchrashuv taqdirini to‘la hal etgan gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko”dan 11 ochko ilgarilab ketdi.
 
“Barselona” – “Atletiko” 2:0 (0:0, 2:0)
“Kamp Nou” stadioni, 92 453 tomoshabin.

Gollar: 1:0  Suares 85, 2:0 Messi 86.

“Barselona”: ter Stegen, Pike, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 84), Langle, Alba, Artur (Malkom, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Alenya, 80), Messi, Suares.

“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Morata, 58), Aryas (Korrea, 35), Saul, Koke, Parti, Rodri Ernandes (Xuanfran, 88), Diyego Kosta, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Parti (27), Ximenes (28), Godin (29), Saul (71), Pike (74), Langle (78), Suares (86).

Chetlatish: Diyego Kosta 28.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko La Liga

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing