Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori qanchaga oshishi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yil yakunigacha pensiyalar miqdori jami 14 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida shu va shu kabi bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, O‘zLiDeP fraksiyasining bu yig‘ilishida ayrim qonunlar, xususan, nogironligi bo‘lganlarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tegishli qonun loyihalari muhokama qilingan. 

Loyiha bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unda har yili davlat pensiyalari miqdorini inflyatsiya darajasida qayta hisoblash, oshirib borish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Ya’ni 2023 yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish belgilangan.

Shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024 yildan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirilgandi.

Bundan tashqari 1 avgustdan ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarga beriladigan nafaqa miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi hamda nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarni parvarish qiluvchilar nafaqasi 568 ming so‘mga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa O'zLiDeP fraktsiya pensiyalar pensiya ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing