Yil boshidan beri 160 mingdan ortiq xorijliklarning Rossiyaga kirishi taqiqlangan 

Olam

image

Joriy yilning 11 oyida Rossiya 160 mingdan ortiq chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 9 mingga kamdir. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

“2021 yilning yanvar-noyabr oylarida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirishini oldini olish bo‘yicha 161 756 ta ariza yuborildi”, deyiladi xabarda. 

Aytish joizki, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 170 ming 383 tani tashkil etgan edi. 

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi xorijliklarning Rossiya hududiga kirishini taqiqlashning asosiy sabablari mamlakatda vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish va noqonuniy mehnat faoliyati ekanligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant taqiq

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing