Yeyskda bombardimonchi samolyot halokati qurbonlari keskin ortdi
Olam
−
18 Oktabr 2022
9133Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahrida harbiy samolyotning to‘qqiz qavatli binoga qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari Sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi Aleksey Kuznetsovga tayanib xabar bermoqda.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yeyskdagi vayronalar tozalanganidan so‘ng halokat joyidan halok bo‘lganlarning jasadlari topilgan. 18 oktyabr kuni soat 06:00 holatiga ko‘ra, aviahalokatda 13 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan. 19 nafari tan jarohati oldi, ulardan to‘rt nafari sog‘-salomat Krasnodar o‘lkasi shifoxonasiga yetkazildi, qolganlari Yeysk shifoxonasida davolanishni davom ettirmoqda”, dedi Kuznetsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarga barcha zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.
“Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning shaxsiy nazorati ostida”, deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qutqaruvchilar vayronalarni tahlil qilishni yakunlaganini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, qutqaruv operatsiyasi davomida 68 ga yaqin odamning hayotini saqlab qolingan, 360 dan ortiq odam o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni kechqurun Yeyskda Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi, uchuvchilar samolyotdan (katapult – tahr.) sakrashga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot to‘qqiz qavatli bino ustiga qulagan va bu kuchli yong‘inni boshlagan.
Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vazirlar va mintaqa rahbarining vaziyat yuzasidan hisobotini tinglab, Yeyskda harbiy samolyot qulashi oqibatida jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshirdi.
“Prezident Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga avtohalokat oqibatida jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatish uchun Yeysk shahriga uchib ketishni topshirdi”, deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.