Ukraina dron saqlanadigan omborga zarba berganini e’lon qildi
Olam
−
10 Oktabr
7251Ukraina Qurolli kuchlari harbiy-dengiz kuchlarining zarba berish guruhi Ukraina Xavfsizlik xizmati bo‘linmalari bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasi Yeysk tumani Oktyabrskiy posyolkasi yaqinida joylashgan Shahed uchuvchisiz samolyotlarini saqlash bazasiga hujum qildi. Bu haqda kecha, 9 oktyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 400 ga yaqin hujumchi dron saqlangan. Ob’ektiv nazorat natijalariga ko‘ra nishonga aniq zarba qayd etildi. Voqea joyida ikkilamchi portlash kuzatilgan", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.
Jurnalist Aleksandr Nevzorov o‘zining Telegram-kanalida Yeysk viloyatidagi omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in va portlashlar aks etgan bir qancha videolarni e’lon qildi.
O‘z navbatida, Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabining ma’lum qilishicha, Oktyabrskiyda "saqlash xonalari" yonib ketgan va yong‘in 1600 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Omborlarda aniq nima saqlanganligi va yong‘inga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.
Ayni vaqtda, bugun, 10 oktyabr erta tongda bir qator Telegram-kanallarida Ukraina Qurolli kuchlari Adigeyadagi harbiy aerodromga hujum qilgani haqida xabar tarqatdi.
LiveBarchasi