Yeyskdagi halokat qurbonlari yana ortdi

Olam

image

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahrida Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. 

Viloyat gubernatori halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rubldan to‘lashga qaror qildi. Jabrlanganlar 200 dan 400 ming rublgacha pul oladilar. 

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasida samolyot halokatining asosiy versiyasi nosozlik deb baholadi.  

Yeyskda Su-34 halokatidan keyin halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni kechqurun Yeyskda Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi, uchuvchilar samolyotdan (katapult – tahr.) sakrashga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot to‘qqiz qavatli bino ustiga qulagan va bu kuchli yong‘inni boshlagan. 

Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vazirlar va mintaqa rahbarining vaziyat yuzasidan hisobotini tinglab, Yeyskda harbiy samolyot qulashi oqibatida jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eysk

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing