Yevroparlamentga 23 yilda ilk bor ayol kishi bosh bo‘ldi
Olam
−
18 yanvar 2022
3206Yevropa parlamentining sobiq vitse-spikeri, Malta fuqarosi Roberta Metsola birinchi turda mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan Yevropa parlamentining yangi raisi etib saylandi.
Uning nomzodini 690 deputatdan 458 nafari qo‘llab-quvvatladi. Ovoz berish masofadan turib o‘tkazildi.
Metsolani nomzod sifatida YePdagi eng yirik fraksiya — Yevropa xalq partiyasi ko‘rsatgan. U 1999 yildan beri YeP spikeri etib saylangan birinchi ayol bo‘ldi.
Yevropa parlamenti spikeri har 2,5 yilda saylanadi. Yevroparlamentning so‘nggi prezidenti Devid Sassoli joriy yilning 11 yanvar kuni 66 yoshida saraton kasalligidan Italiyada vafot etdi. U o‘tgan yilning 26 dekabridan beri Italiya shifoxonasida davolandi. Sassoli 2019 yil iyul oyi boshida Yevroparlament prezidenti etib saylangan edi.
Sassoli vafotidan oldin ham, YeP prezidenti saylovi 2022 yil yanvar oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan edi. Sassoli sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli katta ehtimol bilan ularda ishtirok etmasligi taxmin qilingandi.
Malta fuqarosi va Yevropa parlamentining sobiq vitse-spikeri Roberta Metsola 1979 yilda tug‘ilgan, oilali, uch nafar farzandi bor. U Malta universiteti va Bryuggedagi Yevropa kollejining huquq fakultetini tamomlagan.
Metsola ilk bor 2013 yilda Yevropa parlamentiga saylangan. 2014 yilda u rekord miqdordagi ovoz bilan YePga qayta saylangan. Ma’lumot o‘rnida, Metsola ayollar huquqlarini faol himoya qiladi.
LiveBarchasi