Yevroparlament Malidagi isyonni qoralamoqda

Olam

image

Yevropa parlamenti Malidagi harbiy to‘ntarishni qoraladi va tomonlarni muloqotga chaqirdi. 

“Yevropa Parlamenti Malidagi konstitutsiyaga zid o‘zgarishlarni qoralaydi. Inqirozni hal qilish uchun dialog va o‘zaro kelishuv zarur”, deb yozdi Yevropa parlamenti rahbari David Sassoli ijtimoiy tarmoqda. 

U Malida qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Mali prezidenti Ibrohim Babakar Keyta joriy yilning 18 avgust kuni isyonchi harbiylar tomonidan hibsga olingandan so‘ng iste’foga chiqdi. Bosh vazir Bubu Sisse ham hibsga olingan

Davlat rahbari o‘z qudratini saqlab qolish uchun qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. 

Malida mamlakat poytaxti Bamako yaqinidagi Kati bazasida harbiylar isyon ko‘tarib, Prezident va Bosh vazirni hibsga olishdi. 

Malida 2020 yil may oyidan boshlab mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Keyta davlat televideniyesida bayonot berdi va 10-12 iyuldagi norozilik namoyishlari paytida fuqarolarning o‘limidan afsusda ekanini bayon qildi. Shuningdek, prezident parlament va hukumat tarqatib yuborilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mali

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing