Malida vaziyat jiddiy: isyonchilar poytaxtni qamal qildi

Olam

image

Bugun, 21 may kuni Mali poytaxti Bamakoni terrorchilar qamal ostiga oldi. Oqibatda o‘nlab transport vositalari, jumladan, yonilg‘i tankerlari, mikroavtobuslar va yuk mashinalari yoqib yuborilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mali hukumatining ma’lum qilishicha, terrorchilar shaharni qamal qilishni kuchaytirmoqda. Poytaxt Bamakoda vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Shaharga kirish va chiqish yo‘llari berkitib qo‘yilgan.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, hodisa Bamako g‘arbidan tahminan 45 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Videoda mikroavtobuslar va avtomobillarning yonib kul bo‘lganini ko‘rish mumkin. Qurbonlar va yaralanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

“Al-Qoida”ga aloqador JNIM terroristik guruhi joriy yilning aprel oyidan mamlakatning turli chekkalariga, jumladan, harbiy bazalar va aholi istiqomat qiladigan hududlarga hujumlar uyushtirgan. Bosqinlar may oyining o‘rtalariga kelib keskin tus oldi.

Terrorchilar joriy yilning 6 may kuni Mopti tumanidagi Korikori va Gomossogou qishloqlariga uyushtirgan qurolli bosqin oqibatida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan va o‘nlab insonlar yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mali hukumatining JNIM guruhiga qarshi uyushtirgan dron operatsiyalarida uchoqlardan biri qishloqdagi to‘yga kelib tushgani va hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mali isyonchilar qamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing