Yevroparlament deputatlari Belarusni Yevro-2024 da qatnashishiga qarshi chiqdi

Sport

image

Yevroparlament deputatlari UEFA'dan Belarus terma jamoasini futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionati saralashidan chetlashni talab qilmoqda. 100 dan ortiq yevropalik deputatlar tegishli talab bilan UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga qo‘shma xat yozdi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Yevroparlament deputatlari Belarucning Rossiya bilan do‘stona munosabatlarini saqlab qolganidan norozi.

“Belarus terma jamoasining UEFA tasarrufidagi turnirda ishtirok etishi Ukraina xalqi va o‘z vatanini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan barcha belaruslar, shuningdek, Belarusda qolgan va hozir qo‘rquv ostida yashayotganlar uchun haqorat bo‘ladi”, deyiladi Yevroparlament deputatlarining xatida.

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 bahslari 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyada o‘tkaziladi. 17-marta o‘tkaziladigan musobaqada Yevropaning eng kuchli 24 ta terma jamoasi ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Evro-2024 Evroparlament

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing