Yevropaning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

UEFA talqini bo‘yicha mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun uchta da’vogar nomi ma’lum bo‘ldi.

2022/23 yilgi mavsum finalchilari “Manchester Siti”ni trebl qayd etishiga sababchi bo‘lgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola, “Inter” bilan Yevropa Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan Simone Indzagi va “Napoli”ni Italiya chempioniga aylantirgan Luchano Spaletti nomzodlari yakuniy uchlikni hosil qildi.

Yakuniy uchlik o‘tgan mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etgan klublar murabbiylari, UEFA'ga a’zo mamlakatlar terma jamoalari murabbiylari hamda bir guruh saralangan jurnalistlar tomonidan tanlab olindi.

G‘olib nomi 31 avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ham e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Inter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing