Rodrining qaroriga Graviola ta’sir ko‘rsatgan – jurnalist

Sport

image

“Manchester Siti”ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rodriga faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Migel Blaskes ma’lum qildi.

Jurnalistning xabar qilishicha, 30 yoshli yarim himoyachi dastlab “Real Madrid”ga o‘tish variantini ham ko‘rib chiqqan va hatto kelishuvga yaqin kelgan. Biroq, keyinchalik u fikrini o‘zgartirib, “Barselona”ni tanlashga qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, ushbu qarorga Gvardiolaning maslahati ham ta’sir ko‘rsatgan. Aytilishicha, ispaniyalik mutaxassis hafta davomida Rodri bilan telefon orqali suhbatlashib, unga “Barselona”ga o‘tishni tavsiya qilgan. Bu ma’lumot hozircha rasmiy tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Gvardiola va Rodri 2019 yildan buyon “Manchester Siti”da birga faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, Gvardiola 2008-2012 yillar davomida “Barselona”ni boshqargan va klub bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing