Yevropada rossiyalik futbolchilar hech kimga kerak emas —  Ponomaryov

Sport

image

SSKAning sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Rossiya Premer ligasi (RPL) futbolchilarining Yevropaga ketish imkoniyatlari past ekanini aytdi. U o‘z fikrlarini “RB Sport” nashri bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rossiyalik futbolchilarning hech biri Yevropaning top-klubidan taklif olishga tayyor emas.

“Menimcha, Chalov Yevropaga ketishga jiddiy qaramayapti. U allaqachon o‘zini xorijda sinab ko‘rgan. Hozir u SSKAda yaxshi ishlayapti. Yevropa haqidagi gaplar shunchaki maoshi miqdorini oshirish uchun aytilmoqda” deydi sobiq o‘yinchi.

Shu bilan birga, hozir  Rossiya o‘yinchilari orasida Yevropaning top-klublariga borib o‘ynay oladigan futbolchilar yo‘q.  Zaxaryanning "Real Sosedad"ga o‘tishi esa tasodifiy hodisadir. 

“Hozir u yerda futbolchilarimiz hech kimga kerak emas”, deydi Ponomaryov xulosa qilib.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa TsSKA Vladimir Ponomaryov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing