Yevropada Pfizer bilan emlangan bolalar o‘limi rekord darajaga yetdi

Olam

image

Yevropada COVID-19'ga qarshi favqulodda emlangan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim holati rekord darajada o‘sishi qayd etildi. Bu haqda mintaqada o‘lim statistikasi bilan shug‘ullanuvchi EuroMOMO tashkilotining Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan 24 haftasida 0-14 yoshdagi bolalar orasida rekord darajadagi 101 ta qo‘shimcha o‘lim holati kuzatilgan.

2021 yil may oyida 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun koronavirus infeksiyasiga qarshi Pfizer vaksinasidan favqulodda foydalanish boshlangandan buyon o‘lim holati rasman 691 foizga o‘sgan. 

EuroMOMO tashkiloti tomonidan tuzigan quyidagi jadvalda Yevropada 0-14 yoshdagi bolalar uchun o‘tgan 2022 yil davomida haftalik ortiqcha o‘lim ko‘rsatkichlari tasvirlangan.

Bu tendensiya 2018-2021 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 381 foizga oshgan. 2021 yilda Yevropada bolalar o‘rtasida qo‘shimcha 1015 va 2020 yilda kutilganidan 491 ta kam o‘lim holati ro‘yxatga olingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pfizer emlangan bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing