Norvegiyada ham Pfizer bilan emlangan ikki kishi vafot etdi
Olam
−
06 yanvar 2021 4531 1 daqiqa
Kecha, 5 yanvar kuni Norvegiyada BioNTech va Pfizer ishlab chiqargan vaksina bilan emlangan ikki kishi vafot etdi. Hozir mamlakatdagi tibbiyot tashkilotlari emlash bilan ushbu fojialar o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini tekshirmoqda.
Norvegiya Tibbiyot agentligi va Norvegiya Jamiyat salomatligini saqlash institutining ma’lum qilishicha, mutaxassislar BioNTech va Pfizer ishlab chiqargan vaksina bilan emlanganidan so‘ng, qariyalar uyida vafot etgan ikki holatni diqqat bilan o‘rganmoqda.
“Hozir jiddiy kasalligi bo‘lgan, eng zaif bemorlar emlanmoqda. Ayni vaqtda emlash o‘limga sabab bo‘lganmi yoki bu tasodifmi, shuni aniqlashimiz kerak”, deydi Norvegiya Tibbiyot agentligi direktori Steynar Madsen.
Eslatib o‘tamiz, Isroilda ham ikki nafar bemor aynan Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan so‘ng vafot etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025