YeI sudi fon der Lyayenning yozishmalarini ko‘rishni boshladi
Olam
−
15 noyabr
3792Lyuksemburgdagi Yevropa sudi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Pfizer Bosh direktori Albert Burla o‘rtasida pandemiya davrida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun koronavirusga qarshi vaksinalar xarid qilish bo‘yicha telefon yozishmalari yuzasidan ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Sud hujjatlarida tushuntirilganidek, ish AQSHning “The New York Times” nashri shikoyatiga taalluqlidir, u fon der Lyayenning Burla bilan yozishmalari haqida ma’lumot so‘ragan, ammo rad etilgan. Yevrokomissiya telefon yozishmalari – saqlanishi kerak bo‘lgan hujjat emas, shuning uchun uni topib bo‘lmasligini bildirgan.
"Yevropa Komissiyasi bahsli qarorda so‘ralgan ma’lumotlarning mavjud emasligi to‘g‘risida hech qanday sababsiz qaror qabul qildi, bu ma’muriyatning noto‘g‘ri ish yuritayotgani sifatida baholanadi", deyiladi sud materiallarida.
Bundan tashqari, nashr Yevrokomissiyani axborot olish huquqini buzganlikda ayblagan.
SMS orqali shartnoma
Ursula fon der Lyayenning SMS yozishmalari haqidagi ma’lumotlar birinchi marta 2021 yilda “The New York Times” gazetasida chop etilganidan keyin ommaga oshkor bo‘ldi. Shundan so‘ng bir qator siyosatchilar va Yevroparlament a’zolari Yevrokomissiyadan Yevropa Ittifoqining shaffoflik va xaridlar bo‘yicha standartlari buzilmasligiga ishonch hosil qilish uchun ushbu yozishmalarni ommaga oshkor etishni talab qildi. Yevrokomissiya aslida Pfizer bilan shartnomalar muhokamasini SMS orqali tasdiqlagan, ammo yozishmalarning o‘zini nashr etishni qat’iyan rad etgan va u go‘yoki o‘chirilganini da’vo qilgan.
Fon der Lyayen o‘shandan beri Pfizer Bosh direktori Albert Burla bilan SMS yozishmalar orqali Yevropa Ittifoqi davlatlarining oldindan ruxsatisiz sinovlari tugallanmagan vaksinani sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzganlikda ayblangan. Gap Pfizer vaksinasining 1,8 milliard dozasini jami 35 milliard yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuv haqida bormoqda.
LiveBarchasi