Yevropada nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda

Olam

image

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Yevropa Ittifoqida (YeI) bolalarning 41 foizi rasmiy nikohdan o‘tmagan ota-onalardan dunyoga kelgan. Ittifoqning yettita davlatida bu ko‘rsatkich 50 foizdan oshib ketdi. Bu haqda “Eurostat” xabar berdi.

Eng yuqori ko‘rsatkichlar Bolgariya (62%), Fransiya (60%) va Portugaliyada (59%) qayd etilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Gretsiya (10%), Vengriya (24%) va Xorvatiyada (26%) kuzatilgan.

2004–2024 yillar oralig‘ida nikohdan tashqari tug‘ilishlar soni 18 ta davlatda o‘sgan va faqat 4 tasida kamaygan.

2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aholisi 451 million kishiga yetgan, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1 millionga ko‘pdir.

Eng ko‘p aholi Germaniyada istiqomat qiladi — 84 million kishi, bu YeI umumiy aholisining 19 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yirik davlatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Fransiya: 69 million
  • Italiya: 59 million
  • Ispaniya: 49 million
  • Polsha: 36 million.

Bu beshta davlat hissasiga Yevropa umumiy aholisining 66 foizi to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YeI aholisining o‘rtacha yoshi 2005 yildagi 39,6 yoshdan 2025 yilda 44,9 yoshgacha ko‘tarilgan. Eng yuqori o‘rtacha yosh Italiyada (49,1 yosh) bo‘lsa, eng past o‘rtacha yosh Irlandiyada (39,6 yosh). Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu vaziyat Yevropadagi demografik o‘zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog‘liq.

2024 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taxminan 1,7 million nikoh qayd etilgan. Eng yuqori nikoh ko‘rsatkichlari Latviya, Ruminiya va Avstriyada kuzatilgan.

Ajrashishlar soni esa taxminan 0,7 millionni tashkil etgan. Eng yuqori ajrashish ko‘rsatkichlari Latviya, Litva va Shvetsiyada qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa rasmiy nikoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing