Yevropada nega teraktlar seriyasi boshlandi? Ekspert fikr bildirdi

Olam

image

Fransiya va Avstriyaning maxfiy xizmatlari muhojirlar jamoalari orasida tezkor-qidiruv ishlarini to‘g‘ri tashkil qila olmadi. Bu esa ushbu davlatlarda terroristik hujumlarni keltirib chiqardi. Bu fikrni Rossiyaning “Alfa” bo‘limi faxriylari assotsiatsiyasining faxriy Prezidenti Sergey Goncharov bildirib o‘tdi.

"Terroristik hujum paytida fuqarolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy himoya qilish maxsus xizmatlarning asosiy vazifasi emas. Asosiy vazifa – teraktlarning oldini olishdir. Afsuski, Fransiya va Avstriya maxsus xizmatlari bu ish bilan shug‘ullanishmadi", deb hisoblaydi ekspert. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu G‘arbiy Yevropa davlatlari hokimiyatining migratsiya siyosati natijasi bo‘lgan. "Fransiyada va Avstriyada ham ushbu mamlakatlar jamiyatining bir qismiga aylanmagan, u yerda ish topishni, o‘qishni istamaydigan, ba’zida hatto yangi davlatlarning tilini o‘rganishni ham istamaydigan migrant jamoalari shakllandi", deya ta’kidladi Goncharov.

Uning fikriga ko‘ra, G‘arbiy Yevropa davlatlari yangi terror hujumlariga tayyorlanishlari kerak. 

"Agar ushbu davlatlarning ma’murlari o‘zlarining migratsiya siyosatini o‘zgartirmasa, unda bunday terroristik hujumlar qayta-qayta sodir bo‘lishi mumkin. Ehtimol, Yevropa shaharlari aholisi terrorizm namoyon bo‘lishiga qarshi kurashish uchun o‘zlarini himoya qilish bo‘linmalarini yaratishi kerak", dedi ekspert.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa terakt

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing