Yevropada mavsumning eng yaxshi 10 futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

Nufuzli “Goal” nashri 2025-2026 yilgi mavsum uchun Yevropaning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi. Unda “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Yevropada o‘rtda qolgan mavsumning yeng yaxshi futbolchisi deb topildi.  

“Goal” talqiniga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rin Keynning jamoadoshi Maykl Olisega nasib etdi. Shuningdek, “Barselona” qanot hujumchisi Lamin Yamal va “Real” hujumchisi Kilian Mbappe mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi. “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays esa kuchli beshlikka yakun yasadi.

“Goal” talqiniga ko‘ra, 2025-2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi 10 futbolchisi quyidagicha:

  • Harri Keyn (“Bavariya”).
  •  
  • Maykl Olise (“Bavariya”).
  •  
  • Lamin Yamal (“Barselona”).
  •  
  • Kilian Mbappe (“Real”).
  •  
  • Deklan Rays (“Arsenal”).
  •  
  • Usmon Dembele (PSJ).
  •  
  • Luis Dias (“Bavariya”).
  •  
  • Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).
  •  
  • Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”).
  •  
  • Vitinya (PSJ).


Ma’lumot uchun, Yevropada 2025-2026 yilgi mavsum ertaga, 30 may kuni Chempionlar ligasi final uchrashuvidan so‘ng rasman yakuniga yetadi. Ushbu finalda Fransiyaning PSJ jamoasi va Angliyaning “Arsenal” klubi turning chempionligi uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Harri Keyn “Bavariya” Maykl Olise

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing