Yevropada kuchli suv toshqinlari odatiy holga aylanishi mumkin
Olam
−
16 Sentabr
3811Markaziy Yevropada rekord darajadagi suv toshqinlari tez orada odatiy holga aylanishi mumkin, chunki qit’a butun dunyoga qaraganda tezroq isimoqda. Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi xabar berdi.
“Markaziy Yevropa o‘n yilliklardagi eng yomon suv toshqinlarini boshdan kechirmoqda, bu tez orada yangi normaga aylanishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Nashrning ma’lum qilishicha, Avstriya, Chexiya, Moldova, Polsha va Ruminiyada minglab Qizil Xoch ko‘ngillilari jabrlangan odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun kecha-yu kunduz ishlamoqda. Yevropaning butun dunyoga qaraganda tezroq isishi bilan bunday suv toshqinlari tarixiy emas, balki tez-tez yoki har yili sodir bo‘ladigan holatga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda kuchli yog‘ingarchilik va undan keyingi suv toshqinlari Slovakiya, Chexiya, Polsha, Avstriya va Ruminiyaning ko‘plab hududlariga zarar yetkazdi. Kuchli yog‘ingarchilik daryolarda suv sathining ko‘tarilib ketishiga olib keldi. Xususan, Chexiyada suv toshqinlari tufayli 10,5 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk mamlakat janubidagi suv toshqinlari tufayli tabiiy ofat rejimini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi