Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashyapti. JSST buning sababini oshkor qildi
Olam
−
21 Sentabr 2020
9963Yevropada epidemiologik vaziyatning yomonlashishi koronavirusga qarshi himoya choralariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq. Bu haqda RIA Novostiga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Belgraddagi ofisi ma’lum qildi.
Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya, Xorvatiya, Chernogoriya va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo respublikasida iyul va avgust oyida kasallik kamayganidan, cheklov choralari yumshatilgani va chegaralar qisman ochilgandan so‘ng COVID-19 bilan kasallanish va undan o‘lim holati o‘sishi kuzatilmoqda.
“Epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sabablari fuqarolar tomonidan choralarga, ayniqsa, dam olishda, stadionlarda, tungi klublarda, diniy tashkilotlarda va bayramlarda va boshqa ommaviy yig‘ilishda rioya qilinmaslikdadir. Infeksiyaning oldini olish va uning ustidan nazorat ayrim davlatlar uchun jiddiy chaqiriq bo‘ldi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, tashkilot barcha mamlakatlar bu vaziyatga tegishli choralar bilan hamda muvofiqlashgan va qat’iy ravishda munosabat bildirishi zarurligini ta’kidlagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 31 milliondan oshib ketgan. Qurbonlar soni 963 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda.
LiveBarchasi