Yevropada har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda

Olam

image

Yevropa mintaqasida har 17 soniyada bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda. Har kuni o‘rtacha 4,5 ming kishi vafot etadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Kluge onlayn-brifingda ma’lum qildi.

“Yevropa mintaqasida COVID-19 dan har 17 soniyada bir kishi vafot etadi. Biz har doim noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishini to‘xtatish, koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalarni bajarishga harakat qilsak, COVID-19 oqibatida kelib chiqadigan o‘limlarning oldini olishga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz”, deydi u.

Uning qayd etishicha, hozirda Yevropada COVID-19 dan kuniga o‘rtacha 4,5 ming kishi vafot etmoqda. Agar barcha birdek harakat qilsa, kuchaytirilgan karantinga qaytishning oldini olish mumkin 

Shu bilan birga, u tibbiy niqoblarni taqib yurish davolovchi vosita emasligi, ammo ular infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda o‘ta muhim ahamiyatga ega va boshqa choralar bilan birgalikda ishlatilishi shartligini qo‘shimcha qildi.

Worldometres bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 noyabr holatiga kelib, Yevropa qit’asida 15 million 859 304 kishi koronavirusga chalingan. Shularda 6 million 293 607 nafari kasallikdan tuzalgan bo‘lsa, 360 309 nafari vafot etgan. 

Yevropa mamlakatlari orasida koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Buyuk Britaniya (55 230), Italiya (50 453), Fransiya (49 232), Ispaniya (43 131) egallamoqda.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa koronavirus

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing