Yevropa Ukrainasiz Rossiya armiyasiga dosh berolmaydi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 15 yanvar kuni Polshaga tashrifi davomida Yevropa Ukrainasiz Rossiyaga qarshi chiqolmasligini aytdi. Bu haqdagi suhbatni "Onet" nashri e’lon qildi.

"Ukraina armiyasisiz Yevropa Rossiya armiyasiga dosh berolmaydi", degan Ukraina Prezidenti.

Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Yevropa mamlakatlariga bostirib kirishidan oldin Ukraina g‘alabaga erishishi kerak. Agar Rossiya yurish boshlasa, Yevropa davlatlari bunga dosh berolmaydi. 

“Rossiyada qurol-yarog‘ va odam ko‘proq va Rossiya yevropaliklarga qaraganda shafqatsiz", degan u. 

Shuningdek, Zelenskiy Tramp tinchlikni taminlash uchun tinimsiz harakat qilayotganini aytgan. 

“Tramp urushni to‘xtatmoqchi. Buni uning o‘zi aytdi. U Rossiyaga bosim o‘tkazishga, ta’sir ko‘rsatishga qodir. Ishonchim komilki, Rossiya AQSH, Xitoy va birlashgan Yevropadan cho‘chiydi”, degan Ukraina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yangi uzoq muddatli hamkorlik shartnomasini imzolashi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing