Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak – Starmer
Olam
−
03 dekabr
1331Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer kecha, 2 dekabr kuni Ukrainani tinchlik muzokaralari uchun eng kuchli pozitsiyaga qo‘yish uchun Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish muhimligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
U Londondagi chiqishida Rossiya urushda g‘alaba qozonsa, Yevropa xavfsizligi, barqarorligi va farovonligiga tahdid solishi, shuning uchun G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi juda muhimligini aytgan.
“Ukraina xalqi o‘zining xavfsizligi, mustaqilligi va kelajagini tanlash huquqini kafolatlaydigan, o‘z shartlari asosida adolatli va mustahkam tinchlikni ta’minlashi uchun ushbu mamlakatning muzokaralarda eng kuchli pozitsiyaga chiqishida yordam berishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Starmer.
Buyuk Britaniya 2022 yilda Rossiya tomonidan urush boshlanganidan beri Ukrainaning eng kuchli tarafdorlaridan biri bo‘lib kelgan va Kiyevga yanada murakkab qurollar, jumladan, jangovar tanklar va uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarni yetkazib bergan birinchi davlat bo‘lgan.
Oldingi izohlarida Starmer urush Rossiya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarini tark etishi bilan yakunlanishi kerakligini aytgan edi. Nashrga ko‘ra, agar AQSH Kiyevga yordamini kamaytirsa, Yevropa Ukrainani qurollantirishdagi rolini kuchaytirishi kerak.
Starmerning so‘zlariga ko‘ra, barcha Yevropa davlatlari qit’aning umumiy kelajagini himoya qilish uchun harakat qilishi juda muhim, chunki mintaqadagi erkinlik kelajagi bugun hal qilinyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaga urushni tezroq tugatish va sulh uchun vaqtinchalik hududiy yon berishni taklif qilgan edi. Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb va Kiyev uchun o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i zarur. Bu chiziq yetarli darajada 1991 yildagi vaziyatga nisbatan Ukrainaning butun hududini qamrab olishi kerak, biroq yaqin kelajakda buning amalga oshish imkoniyati past.
Diyorjon Quvondiqov
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr