Yevropa Ukrainada qurol ishlab chiqarmoqchi
Olam
−
19 aprel
2849Bir qator Yevropa davlatlari AQSH harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligi sababli Ukrainada qurol ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni boshlamoqchi. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayangan holda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab davlatlari Ukrainani ko‘p yildan buyon qo‘llab-quvvatlayotgani tufayli o‘z hududida qurol-yarog‘ zaxiralarining tugashiga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan ular Ukraina harbiy-sanoat kompleksini tiklash yo‘li bilan mojaro zonasiga texnika yetkazib berishdan voz kechishi mumkin.
Gazetaning yozishicha, Kiyev Amerikaning avvalgi ma’muriyati unga bergan deyarli barcha texnika va o‘q-dorilardan ayrilgan. Shu bilan birga, AQSHning hozirgi hukumati Ukrainaga yordam berishni to‘xtatishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, agar Yevropa davlatlari Ukraina harbiy-sanoat majmuasiga sarmoya kiritishni boshlasa, ular bu mamlakatdan “sinov maydoni” sifatida foydalanishi ham mumkin. Shu jumladan, gap yangi dronlarni ishlab chiqish va qo‘llash haqida ham ketmoqda.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainaga 2025 yil uchun 23 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratgan. 2024 yilda Kiyev AQSH bilan birgalikda Yevropa mamlakatlaridan 40 milliard yevrogacha pul olgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio kecha, 18 aprel kuni Parijda Ukraina va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng, yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimiga erishishda siljish bo‘lmasa, AQSH vositachilik sa’y-harakatlarini to‘xtatishini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida AQSH Ukraina tarafida bo‘lgan, hozir esa mojaroning tugashini istaydi.
LiveBarchasi