AQSH Yevropa va Kiyev bilan shu haftada sulhga erishmoqchi – OAV

Olam

image

AQSH joriy haftaning o‘zida Yevropa va Kiyev bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili “The New ork Post” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Bu hafta Londonda biz o‘t ochishni to‘liq va keng qamrovli to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchimiz”, degan nashr suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda AQSH, Ukraina, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya vakillari ishtirok etadi va yangi kelishuvlar ko‘rib chiqladi.

AQSH vakilining qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov AQSH rasmiylariga Kiyev AQSH Prezidenti Donald Trampning Parijda Davlat kotibi Marko Rubio va ikki maxsus vakil tomonidan taqdim etilgan tinchlik tashabbusini “90 foiz” qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Ma’lumot uchun, o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish joriy yilning 17 aprel kuni Parijda AQSH, Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak muzokaralarni “juda mazmunli” deb atagan. Ukraina rasmiylari mart oyida Saudiya Arabistonida AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuvda bildirilgan pozitsiyani takrorlagan: Moskva ham shunday qilsa, Kiyev sulhga rozi bo‘ladi.

Kreml Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini qo‘llab-quvvatlashini, biroq bungacha Ukrainani harbiylashtirish bilan bog‘liq “bir qator savollarga javob berish” kerakligini aytgan.
Oldinroq Rubio kelishuvning aniq belgilari paydo bo‘lmasa, bir necha kun ichida kelishuvda AQSH vositachi bo‘lishga urinishni to‘xtatishini aytgan edi. Buni Tramp ham tasdiqlagan.

Shu bilan birga, AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens Kiyev, Bryussel va Vashington vakillarining Parijdagi uchrashuvlaridan so‘ng, kelishuv muhokamasi chog‘ida “qiziqarli voqealar” sodir bo‘lganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy COVID-19 Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing