Parijda Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan bir necha takliflar ilgari surildi
Olam
−
19 aprel 4229 3 daqiqa
Joriy yilning 17 aprel kuni Parijda AQSH, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Rossiya nazorati ostida qolgan hududlarni tan olish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish taklif qilindi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Yig‘ilishda Rossiya hozir nazorat qilayotgan hududlar Kremlning o‘zida qolishi, Ukrainani NATOga qabul qilish masalasini kun tartibidan olib tashlash, G‘arb Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlashi va muzlatilgan aktivlarni qisman qaytarishi, shuningdek, “tinchlikparvar kuchlar” faqat BMT sha’feligida bo‘lishi mumkinligi, har ikki tomon o‘zaro da’volardan, jumladan reparatsiyalardan voz kechishib Ukraina chegaraga 50 km dan yaqin joyda yirik harbiy kuchlar joylashtira olmasligi kabi takliflar ham muhokama qilingan.
Agentlikka ko‘ra, olingan takliflar urushni samarali ravishda to‘xtatish imkonini beradi. 17 aprel kuni AQSH Parijda Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazdi. Amerika delegatsiyasi tarkibida Davlat kotibi Marko Rubio, Oq uyning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Prezidentning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg bor edi. Muzokaralarda Ukraina tomonidan Prezident devoni rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va Mudofaa vaziri Rustam Umarov ishtirok etdi. Delegatsiyalar uchrashuvi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Kelgusi hafta Londonda muhokamalar davom etadi. Rasmiylardan biri agentlikka AQSHning Kiyev bilan qo‘shimcha muhokama qilinishi kerak bo‘lgan rejalari yakuniy kelishuvga olib kelmasligini va Yevropa ittifoqchilari Ukraina yo‘qotgan hududlarni Rossiya deb tan olmasligini aytdi. Agentlik manbalariga ko‘ra, agar Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, “muzokaralar befoyda bo‘ladi”. Ular Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishni kelishuvning ajralmas qismi deb atagan.
2024 yilning yozida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatish sharti sifatida Ukraina qo‘shinlarining KXDR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlaridan olib chiqib ketilishi hamda ushbu to‘rtta viloyat va Qrimning Rossiya hududi sifatida xalqaro tan olinishini ilgari surdi. O‘shanda hali AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan Tramp bunday shartlarni qabul qilib bo‘lmas deb atagandi. Birinchi prezidentlik muddatida u Qrimning Rossiyaga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan edi. Biroq, respublikachi Oq uyga qaytganidan so‘ng, Amerikaning yangi ma’muriyati Ukraina har qanday tinchlik bitimining bir qismi sifatida hududiy imtiyozlarga ega bo‘lishi kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio kecha, 18 aprel kuni Parijda Ukraina va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng agar yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimiga erishishda siljish bo‘lmasa, AQSH vositachilik sa’y-harakatlarini to‘xtatishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi