Rubio iste’fosi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi
Olam
−
09:11 795 1 daqiqa
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Prezident Donald Tramp ma’muriyatidan ketiş yoki 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini qöyiş rejalari borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. U Tramp bilan işlaş har doim uning rejasi bölganini aytdi. Bu haqda u “The New York Times” naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rostini aytsam, bu miş-mişlar qayerdan paydo bölayotganini bilmayman. Men qilayotgan işimdan mamnunman. Işdan ketişim haqida gapirişganida doim kulaman. Men esa: “Qaysi işdan?“ deb sörayman”, degan Rubio iste’foga çiqişi haqidagi xabarlarga izoh berarkan.
Şuningdek, u 2028 yilda AQŞ prezidentligiga öz nomzodini qöyiş-qöymasligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortgan.
“Men 2028 yil haqida boşqa gapirmayman. Şunçaki gapirmayman”, degan u.
AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2028 yil 7 noyabrga belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “The Sun” naşri AQŞning Hindistondagi elçisi Serdjio Gor Davlat kotibi Marko Rubio örnini egallaşi mumkinligi haqida yozgan edi. Naşrning qayd etişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp atrofidagilar uni bir neçta yuqori lavozimlarga, jumladan, Davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida körib çiqmoqda.
Live
Barchasi