Yevropa tez orada yangi harbiy tahdidlarga duch keladi – Germaniya Mudofaa vaziri

Olam

image

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Yevropa shu o‘n yillikning oxirida yangi harbiy tahdidlarga duch kelishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, harbiy salohiyatni kuchaytirish uchun 5-8 yil vaqt bor. Bu haqda vazir “Welt am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.  

Pistoriusning aytishicha, keyingi o‘n yil ichida Qo‘shma Shtatlarda kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar Vashington Tinch okeanida bugungi kunga qaraganda faolroq bo‘ladi. Bu AQSHning Yevropa xavfsizligiga qo‘shgan hissasi kamayishini anglatadi.

“Biz yevropaliklar qit’amizda xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shishimiz kerak. Hozir bizda harbiy jihatdan ularga yetib olish uchun taxminan besh-sakkiz yil bor – bu qurolli kuchlarga ham, sanoatga ham, jamiyatga ham tegishli”, deydi Germaniya Mudofaa vaziri.

Shu bilan birga, u Rossiya qurol ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirayotganiga ishora qilgan.

“Ushbu o‘n yillikning oxirida tahdidlarga duch kelishimiz mumkin. Ammo shu vaqtgacha biz ularga tayyor bo‘lamiz”, deydi Pistorius.

Shuningdek, vazir Germaniya Veymar uchburchagining boshqa davlatlari – Fransiya va Polsha bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini qo‘shincha qilgan.

“Biz NATOning mudofaa rejalari asosida [ittifoqning] sharqiy qanotida qanday qilib birgalikda harakat qilishimiz mumkinligini o‘rganishimiz kerak. U yerda birgalikda nimaga erisha olamiz?" degan u 2024 yilda imkon qadar tezroq Polshaga borish niyatida ekanini ta’kidlab.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirida Boris Pistorius armiya va jamiyatni yangi urushga tayyorlanishga chaqirgandi. U Yaqin Sharqdagi keskinlashuv va Rossiyaning Ukrainaga qarshi jangovar harakatlari Yevropani ham o‘z domiga tortishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evropa Boris Pistorius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing