Yevropa Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni joriy qilmoqda
Olam
−
05 dekabr 2022
4144Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqi davlatlarining vakillari Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketini tayyorlash masalasini muhokama qildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga 180 ta yangi pozitsiya qo‘shish taklif qilinmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, texnologiya, moliya va media sohalariga oid chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.
“Politico”ning bir qancha suhbatdoshlari yangi sanksiyalar ancha tez, ehtimol kelasi hafta YeI tashqi ishlar kengashi yig‘ilishi va Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan kelishib olishi mumkinligiga ishonch bildirgan.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen noyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi navbatdagi cheklovlar paketi ustida faol ishlayotganini aytdi. Unga ko‘ra, YeI Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirish uchun qattiq harakat qilmoqda va bu Ukraina g‘alaba qozonmaguncha to‘xtamaydi.
Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagan fevral oyidan beri Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizta sanksiya paketini joriy qilgan. Oxirgi cheklovlar paketi oktyabr oyi boshida tasdiqlangan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15