Yevropa Rossiya va Turkiyaning gigant aviakompaniyalarini jazolamoqchi
Olam
−
11 noyabr 2021 7530 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi Polsha-Belarus chegarasidagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli dekabr oyi boshida “Aeroflot”ga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” Yevropa Ittifoqining ismi oshkor etilmagan rasmiysiga tayanib xabar bergan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Aeroflot”dan tashqari Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ham sanksiyalar ostida qolishi mumkin. Yevropa Ittifoqining fikricha, bu kompaniyalar Yaqin Sharqdan Minskka keyinchalik Polsha bilan chegarani kesib o‘tishga harakat qiladigan migrantlarni tashish bilan shug‘ullanadi.
Sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ular nimadan iborat bo‘lishi ham hozircha noma’lum.
Avvalroq, Polsha-Belarus chegarasida ikkita katta muhojirlar guruhi to‘siqni vayron qilib, Polsha hududiga kirib borishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr