Yevropa Rossiya nefti uchun mo‘ljallagan narx chegarasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
23 noyabr 2022
8477Yevropa Ittifoqi “Katta yettilik” bilan kelishilgan holda Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 65-70 dollar etib belgilash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni “Bloomberg” agentligi manbalarga tayanib, xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elchilari 23 noyabr kuni narxlarning yuqori chegarasi va nazorat mexanizmini yaratish masalalarini muhokama qiladi. Konsensusga erishilgan taqdirda, Yevropa Ittifoqi va G7 o‘z qarorini kun oxirigacha e’lon qilishi mumkin.
Agentlikning ta’kidlashicha, bu daraja Rossiyaning ishlab chiqarish xarajatlari va ba’zi mamlakatlar tomonidan taklif qilingan narxdan ancha yuqori. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, bu daraja bir barrel uchun tarixiy o‘rtacha narxga mos keladi.
Yevropa Ittifoqida narx chegarasi bo‘yicha qaror bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Bir qator diplomatlar agentlikka 65-70 dollar darajasi juda yuqori ekanligini aytgan.
Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak avvalroq Rossiya narx chegarasi joriy qiladigan mamlakatlarga neft yoki neft mahsulotlarini yetkazib bermasligini aytdi.
LiveBarchasi