Yevropa kengashi raisi O‘zbekistonga keladi

Olam

image

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

U o‘z tvitida 28 oktyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi va Prezidenti [Shavkat] Mirziyoyev bilan uchrashishdan mamnut ekanini bildirgan.

Bundan tashqari, Sharl Mishel 26-27 oktyabr kunlari Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga ko‘ra, Ostonada bo‘ladi. Yevropalik siyosatchi u yerda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

“Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Mishle.


Maqola muallifi

Teglar

Sharl' Mishel'

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing