Yevropa Ittifoqida yadro quroli bo‘lmaydi – Shols 

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqining o‘z yadro quroliga ega bo‘lishi ehtimolini rad etdi. Bu haqda u “The Economist” jurnalida chop etilgan maqolasida ma’lum qildi.

"Aniq bo‘lish uchun: "Yevropa Ittifoqi yadroviy qurollari" bo‘lmaydi – bu shunchaki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deb yozdi Shols.

U Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning “NATOning Yevropa ustunini mustahkamlash” uchun Yevropaning kelajakdagi mudofaasini muhokama qilish taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shu bilan birga, Shols Makronning fransuz yadroviy kuchlarining "Yevropa o‘lchovi" haqidagi bayonotlarini mamnuniyat bilan qabul qilgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi Fransiyaning yadroviy to‘xtatuvchi suverenitetiga tajovuz qilmoqchi emasligini ta’kidladi.

“Biz Yevropani himoya qilish va har qanday tajovuzkorni – bugun va kelajakda to‘xtatish uchun imkoniyatlarning to‘g‘ri kombinatsiyasiga qanday erishishni muhokama qilishimiz kerak”, deydi Germaniya kansleri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy to‘xtatuvchi vositadan tashqari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar odatiy harbiy imkoniyatlar, jumladan havo va raketalarga qarshi mudofaa, kiber va kosmik imkoniyatlar hamda aniq zarba beruvchi raketalarni ko‘rib chiqmoqda.

Shols Germaniyaning xavfsizlik va mudofaa siyosatidagi "misli ko‘rilmagan, tektonik siljishlar"ga ishora qildi.

"Biz armiyamizni qayta qurish va modernizatsiya qilish uchun 100 milliard yevro jamg‘arma yaratish maqsadida konstitutsiyani o‘zgartirdik. Bizning maqsadimiz Bundesverni Yevropadagi eng kuchli qurolli kuchlarga aylantirishdir. Bu yildan va kelgusida biz yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaaga sarflaymiz. Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta biz Germaniyadan tashqarida – Litvada to‘laqonli jangovar brigadani doimiy ravishda joylashtiramiz", deb yozadi u.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari yana bir bor NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmasligiga va alyansni Ukrainadagi mojaroning bir tomoniga aylantira oladigan hech qanday qadam tashlamasligiga yana bir bor ishontirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evropa Ittifoqi yadro quroli Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made