Yevropa Ittifoqi Threads’ni cheklab qo‘ydi

Olam

image

Twitter’ning raqobatchisi sifatida maydonga chiqqan Threads platformasi Yevropa Ittifoqi tomonidan bloklandi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari VPN orqali ham Threads ilovasiga kira olmayotganini aytmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Meta’ning qisqa muddat ichida katta obunachilar auditoriyasiga ega bo‘lib ulgurgan yangi ilovasi Yevropa Ittifoqining “Raqamli bozorlar to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan ma’lum talablarga javob bermadi. Bu platformaning ittifoqqa a’zo davlatlar hududida foydalanilishini cheklaydi. 

Cheklov foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi bilan bog‘liq. Bildirilishicha, Meta maxfiylik siyosatiga muvofiq ilova foydalanuvchilarning sog‘liqni saqlash va moliyaviy ko‘satkichlari, aniq joylashuv, kontaktlar, ko‘rish va qidiruv tarixi kabi bir qator shaxsiy ma’lumotlarini kuzatib boradi.

“Threads hozirda Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ishlamayapti. Yevropa hali ham Meta uchun nihoyatda muhim bozor bo‘lib qolmoqda va biz kelajakda Threads’ni bu yerda ham taqdim etishga umid qilamiz”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Yevropa Ittifoqi o‘z mamlakatlarida Mark Sukerbergning yangi ilovasini tarqatilishiga ruxsat bermasada, u turli joylarda, jumladan, Qo‘shma Shtatlarda amalyotga tadbiq etiladi. 

Bu keyinchalik o‘zgarishi mumkin. Biroq hozircha Threads Yevropada ishga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Twitter kompaniyasi Meta’ni Threads’ni ishga tushurish uchun o‘zining sobiq xodimlarini ishga olganlikda va kompaniyaning ichki sirlaridan foydalanganlikda ayblagandi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Threads

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing