Mask va Sukerbergning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg biznesmen Ilon Mask bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi va 26 avgustni jang o‘tkaziladigan kun, deb belgilashni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sukerberg ushbu taklifni  o‘zining yangi Threads ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan. Shuningdek, u jang taklif qilingan sanada o‘tishi dargumon ekanligini ham birdirgan.

Sukerberg Maskning ushbu jangga qattiq tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi so‘rovlarga javob berdi. Mask esa avvalroq bo‘lajak jangda ortiqcha vazni tufayli mag‘lub bo‘lishi mumkinligi aytgan. 

“Agar jang qisqa bo‘lsa, men g‘alaba qozonishim mumkin. Agar, aksincha, jang ko‘proq davom etsa, Sukerberg o‘zining chidamliligi tufayli g‘alaba qozonishi mumkin”, dedi Mask. 

Tadbirkorning ta’kidlashicha, uning Sukerberg bilan jangi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda namoyish etiladi va barcha tushumlar keksalarga yordam berish uchun sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC Eurasia bosh direktori Andrey Gromkovskiy rossiyalik sportchi Habib Nurmuhammedovni Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerbergga qarshi jang oldidan amerikalik biznesmen Ilon Maskga murabbiylik qilishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi. Sportchi esa bundan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

jang Mask Tsukerberg Threads Meta X

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing