Twitter xodimlarining katta qismi Threads’dan mamnun

Texnologiya

image

Twitter'ning ko‘plab xodimlari unga raqobatchi bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoq – Threads’ga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda “The Daily Best ” xabar berdi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Twitter xodimlari ichidan tasodifiy tanlab olingan 133 nafar ishchidan 31 tasi, ya’ni chorak qismi allaqachon Threads’da o‘z sahifasiga ega.

“Men Twitter'da ishlasam ham undan hech qachon foydalanmaganman, buning uchun ishdan bo‘shatilishim aniq. Threads shunchaki yaxshiroq. Mana bu yangi dunyo", deb yozgan xodimlardan biri.

Twitter'ning yana bir xodimi, foydalanuvchilarning akkauntga ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga ishora qilib, bu jarayon juda qulay bo‘lganini yozgan.

Shuningdek, boshqa bir Twitter xodimi bu yerda dasturning ishlashini tekshirish uchun kelganini yozsa, yana boshqa bir xodimning yagona postida "Test 1" deb yozilgan. Ammo foydalanuvchilarning ko‘pchiligi yaqinlari hamda omma bilan suhbatlashish uchun kelganini ma’lum qilgan.

Hatto, Maskning bir vaqtlar boshqaruv uslubini qo‘llab-quvvatlagan, eng sodiq sobiq yordamchilaridan biri, fevral oyida ishdan bo‘shatilgan menejer Ester Krouford ham eski xo‘jayiniga qarshi chiqqan.

“Qudratli odam o‘zi yaratgan aks-sado kamerasida yashasa, shunday bo‘ladi”, deydi Maskga javoban.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Twitter Meta korporatsiyasini Threads yangi ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirgani uchun sudga berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Threads

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing