Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketini tayyorlayapti
Olam
−
18 iyul 2022
5744Bugun, 18 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan rejalashtirilgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldilar, unda energiya ta’minotiga qo‘shimcha cheklovlar yo‘q. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari kelishib olindi, ular hozircha asosan qoidalarni aniqlashtirishga tegishli va energiya tashishda hech qanday cheklovlarni o‘z ichiga olmaydi", deydi u.
Siyarto, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan ba’zi davlatlarning sa’y-harakatlariga qaramay, yangi paket “Gazprombank”ga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olmaganini, bu orqali Yevropaga Rossiya gazini yetkazib berish uchun to‘lovlar o‘tishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, sanksiyalarning yangi paketiga 48 nafar shaxs, jumladan, Rossiya hukumati Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri va bir qancha mintaqaviy rahbarlar kiradi.
“Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga yana 48 nafar shaxs, jumladan, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari va bir qancha mintaqaviy siyosiy yetakchilar, shuningdek, to‘qqizta tashkilot kiritiladi”, deydi u.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yettinchi paketini ishlab chiqish bugun kechroq Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari tomonidan Bryusseldagi yig‘ilishda yakunlanadi.
Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalari davlat xaridlari va depozitlarga cheklovlar, buxgalteriya xizmatlarini taqiqlash va auditni o‘z ichiga oladi.
Sanksiyalar oltin va ikki maqsadli tovarlar savdosini taqiqlashni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyun kuni YeI Kengashi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini, jumladan, Rossiyadan dengiz orqali neft mahsulotlarini yetkazib berishga qoldirilgan embargoni qabul qildi. Oltinchi paket bo‘yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi muhokama deyarli bir oy davom etdi.
LiveBarchasi