Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyaga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni olti oyga – 2024 yil yanvari oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda YeI kengashining Belgiya poytaxti Bryusselda e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

“Kengash bugun Rossiya iqtisodiyoti tarmoqlariga nisbatan taqiqlovchi choralarni olti oyga – 2024 yilning 31 yanvargacha uzaytirishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.

Bu sanksiyalar ilk bor 2014 yilning 1 avgustida kuchga kirgan, shundan buyon ular Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda siljish yo‘qligi sababli, har olti oyda uzaytirilgan.

Kengashning qayd etishicha, hozirda sanksiyalar keng tarmoqli chora-tadbirlardan, jumladan, moliya, energetika, texnologiyalar va ikki tomonlama maqsadli tovarlar, sanoat, transport va hashamatli tovarlarga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, cheklov choralari doirasida Rossiya Federatsiyasidan Yevropa Ittifoqiga neft va ayrim neft mahsulotlarini dengiz orqali olib o‘tish yoki tashish taqiqlangan. Bir qator Rossiya banklari SWIFT tizimidan uzilgan va Rossiyaning Yevropa Ittifoqida faoliyati taqiqlangan ayrim ommaviy axborot vositalarini translyatsiya qilish cheklangan.

Rossiya Federatsiyasiga qarshi iqtisodiy sanksiyalardan tashqari, boshqa choralar ham ko‘rilayotgani eslatilgan:

  • Qrim va Sevastopol, shuningdek, Donetsk va Lugansk bilan iqtisodiy aloqalarni cheklash; 
  • jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy aktivlarni muzlatish va Yevropa Ittifoqiga individual sayohat qilishni cheklash choralari shular jumlasidandir.

Ma’lumot uchun, 2022 yil fevral oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni 11 ta yangi blokirovka paketlari bilan kuchaytirdi. Yevropa Ittifoqining ushbu sanksiyalar rejimi ittifoq tarixidagi eng yirigi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketidagi “Qora ro‘yxat”ga O‘zbekistondagi 2 kompaniya ham kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing