Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishni ma’qulladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini keyingi olti oyga uzaytirish haqidagi qarorini kuchga kiritib, Xerson viloyati gubernatorining vafot etgan o‘rinbosari Kirill Stremousovni undan chiqarib tashladi. Yevropa Ittifoqi Kengashining tegishli qarori bugun, 14 mart kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi. 

“Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi va tahdid soluvchi davom etayotgan harakatlarni hisobga olib, [Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida] qaror yana olti oyga uzaytirilishi kerak”, deyiladi hujjatda. 

Kirill Stremousovdan tashqari, Davlat dumasining marhum deputati Nikolay Petrunin va “Komsomolskaya pravda” rahbari Nikolay Sungorkin ham qora ro‘yxatdan chiqarilgan.

Avvalroq YeI 2022 yilda Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari maqomi o‘zgarishi bilan bog‘liq Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalarni 2024 yil 24 fevralgacha uzaytirgan edi

Yevropa Ittifoqi 2014 yilning mart oyida Rossiya uchun qora ro‘yxatni shakllantirishni boshladi va uni har yarim yilda olti oyga uzaytirdi. Ushbu ro‘yxatdagi barcha shaxslarning jamiyat hududiga kirishi taqiqlangan, ularning Yevropa Ittifoqidagi moliyaviy aktivlari muzlatib qo‘yiladi va Yevropa bizneslariga ular bilan har qanday aloqada bo‘lish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing