Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini qabul qildi
Olam
−
02 iyun 2022
8841Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini, jumladan, Rossiya neftining importini rasmiy taqiqlashni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Rossiyaning neft-gaz sektoriga xizmatlar ko‘rsatish ham taqiqlanadi.
Shunday qilib, YeI yil oxirigacha Rossiya nefti eksportini 92 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillarining Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Moskvaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi kelishib olindi.
Cheklovchi choralar ro‘yxati Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilinadi.
Yangi cheklovlar 3 iyundan kuchga kiradi.
Keyingi sanksiyalar paketi Ukrainaga bostirib kirishda ishtirok etgan bir qator rossiyalik amaldorlar, oligarxlar va oila a’zolarining aktivlarini blokirovka qilishni nazarda tutadi. Bu odamlarning Yevropa Ittifoqiga kirishi ham taqiqlanadi.
Bundan tashqari, Rossiyaning uchta banki, jumladan, Sberbank va bir Belarus banki SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan chiqariladi.
Bundan tashqari, Rossiyaga eksportni taqiqlash doirasi kengaymoqda.
Shuningdek, ushbu chora-tadbirlar orasida targ‘ibot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Rossiyaning uchta ommaviy axborot vositalarining translyatsiyasini taqiqlash ham bor.
Yangi sanksiyalar Rossiyaning konsalting xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yopishni ham o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi