Yevropa Ittifoqi a’zolari Ukraina va Moldovaga “yashil chiroq” yoqdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Ukraina va Moldovaning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar olib borishni boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiluvchi Belgiya vakolatxonasi xabar berdi.

“Doimiy vakillar Ukraina va Moldovaning qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar asosini kelishib oldilar”, deya xabar beradi idora o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida. 

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rasman tavsiya qilib, Kiyev va Kishinyov tomonidan bir qator shartlarni bajarish bo‘yicha muzokaralar asosini qabul qilishni shart qilib qo‘ygandi. Ayni damda ushbu ikki davlat bunday muzokaralarni boshlash uchun deyarli barcha shartlarni bajargan deb hisoblaydi.

Muzokaralarning birinchi raundi 25 iyun kuni boshlanadi. Shu bilan birga, bu jarayonning boshlanishi Bryussel uchun ham o‘ziga xos majburiyatlarni paydo qiladi. 

Ittifoq bir qancha davlatlarni uzoq yillardan buyon ostonada qoldirmoqda. Xususan, Turkiya 1999 yildan, Shimoliy Makedoniya 2005 yildan, Chernogoriya 2010 yildan, Serbiya 2012 yildan buyon Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzodlar qatorida. Xorvatiya 2013 yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan oxirgi davlat bo‘ldi. Bu jarayon uchun ham 10 yil vaqt talab etilgan.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir hafta oldin Yevropa Komissiyasi Ittifoq a’zolariga Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina va Moldova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing