Yevropa AQSH vassali emasligini ko‘rsatishi kerak – Makron 

Olam

image

Yevropa Vashingtonning vassali emasligini namoyish eta olishi kerak. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Sorbonnada Yevropa kelajagi haqidagi nutqi chog‘ida so‘z ochdi.

"Biz AQSHning vassali emasligini ko‘rsata oladigan va hamma bilan gaplasha oladigan Yevropani qurishimiz kerak", deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa barcha davlatlar bilan “nafaqat iqtisodiy mavzularda, balki strategik sheriklik masalalari bo‘yicha ham” muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Fransiya Prezidentining aytishicha, Yevropa keyingi o‘n yil ichida zaiflashishi va "o‘lishi mumkin". 

"Bizning Yevropa o‘lishi mumkin, hamma narsa faqat bizning tanlovimizga bog‘liq. Kelgusi o‘n yil ichida biz zaiflashib qolishimiz xavfi katta", deydi u.

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "Yevropaning hamma joyida uning qadriyatlari tahdid ostida" va qit’a davlatlari "dunyoning umumiy qurollanishiga" javob berishda juda sekin.

Yevropa o‘sish va suverenitetni mustahkamlash uchun yangi strategiyaga muhtoj. Biz ishonchni uyg‘otishimiz, to‘sqinlik qilishimiz, hozir bo‘lishimiz va sa’y-harakatlarimizni davom ettirishimiz kerak", deydi Makron.

Uning fikricha, “Yevropa xavfsizligining sharti Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmasligidir”. Makron G‘arb davlatlarining Ukraina hududiga qo‘shin yuborishi mumkin bo‘lgan masalaga ishora qilib, "strategik noaniqlikka qaytishni tanlaganini" tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti 26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan konferensiya ishtirokchilari bu mavzu bo‘yicha konsensusga kela olmaganini, biroq kelajakda bunday ssenariyni istisno qilib bo‘lmaydi, deb aytgan edi. Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchi mamlakatlarning aksariyati vakillari Ukrainaga harbiy xizmatchilarni yuborishni rejalashtirmaganini va ularning Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishiga qarshi ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing