Yevropa AQSH tariflariga qattiq choralar bilan javob beradi – fon der Lyayen
Olam
−
11 fevral 2025 6740 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqi AQSH Prezidenti Donald Trampning po‘lat va alyuminiy importiga yangi bojxona тўловларини joriy etish haqidagi qaroriga keskin javob qaytarmoqchi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
Fon der Lyayen AQSHning Yevropadan po‘lat va alyuminiy eksportiga bojlar joriy etish qaroridan chuqur afsus bildirdi. Siyosatchining fikricha, bojlar biznesga, xususan, iste’molchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Yevropa Ittifoqiga qarshi asossiz tariflar javobsiz qolmaydi. Ular qattiq va mutanosib javoblarni qo‘zg‘atadilar”, deb ta’kidladi fon der Lyayen.
Siyosatchining ta’kidlashicha, YeI o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, Yevropadagi ishchilar, biznes va iste’molchilarni himoya qilish choralarini ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 1 fevral kuni Donald Tramp Meksika va Kanadadan olib kelinadigan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga esa 10 foiz bojlarni joriy etish haqidagi farmonni имзолаганди. Biroq 3 fevral kuni, tariflar kuchga kirishidan biroz oldin, Tramp Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan gaplashganidan so‘ng, tariflarni joriy qilishni bir oyga kechiktirishga rozi bo‘ldi.
Live
Barchasi