Makron Trampni YeI bilan savdo urushidan ogohlantirdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning ishonchi komilki, AQSHning Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etilishi inflyatsiyaning oshishiga olib kelishi bilan Amerika iqtisodiyotiga zarar etkazishi mumkin. Bu haqda Makron bugun, 10 fevral kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

U Vashingtonni Yevropa Ittifoqi bilan savdo urushini boshlash o‘rniga Xitoy, Yaqin Sharqdagi inqiroz va Ukrainadagi urushga qarshi turishga e’tibor qaratishga chaqirdi.

“Yevropa sizning ittifoqdoshingiz va agar siz Yevropa sarmoya va mudofaa va xavfsizlik masalalarida ko‘proq ishtirok etishini istasangiz, taraqqiyotdan umidvor bo‘lsangiz, menimcha, bu AQSH manfaatlariga to‘g‘ri keladi, siz Yevropa iqtisodiyotiga bojlar bilan tahdid qilib, zarar yetkazishni istamaysiz”, deb ta’kidladi Fransiya Prezidenti.

Qayd etish joiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ham bojxona to‘lovlari bilan tahdid qilib, Yevropa bilan savdo taqchilligini kamaytirish zarurligini aytib o‘tgandi.

Xitoy Trampga o‘zining uslubida javob qaytardi north_east

Xitoy Trampga o‘zining uslubida javob qaytardi

Yevropa Ittifoqi ko‘zgu javobiga tayyor ekanini aytdi. Bir kun avval Tramp barcha davlatlar uchun istisnosiz AQSHga po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Uning birinchi prezidentlik davridagi xuddi shunday harakat AQSH va Bryussel o‘rtasida keskin savdo mojarosiga olib kelgan.

O‘shanda Yevropa Ittifoqi bir qator Amerika tovarlari, jumladan, viski, Harley-Davidson mototsikllari va Levi Strauss kiyim-kechaklariga o‘zining maxsus bojlarini joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz,  1 fevral kuni Donald Tramp Meksika va Kanadadan olib kelinadigan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga esa 10 foiz bojlarni joriy etish haqidagi farmonni imzolagandi. Biroq 3 fevral kuni, tariflar kuchga kirishidan biroz oldin, Tramp Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan gaplashganidan so‘ng, tariflarni joriy qilishni bir oyga kechiktirishga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing