Yevrokomissiya raisi Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda o‘ziga nega stul berilmaganini izohladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayen Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda unga stul berilmaganini o‘zining ayol ekanligi bilan izohladi.  

"Men buning uchun o‘zimning ayol ekanligimdan boshqa izoh topolmayapman", degan fon der Lyayen Yevropa parlamentining yalpi majlisida. 

U Yevropa Komissiyasi rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol ekanligini eslatgan. 

"Ayollarga doimo teng huquqli munosabatda bo‘lishlarini ta’minlash uchun hali ko‘p ishlar qilish kerak", degan fon der Lyayen. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayenga Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuvda stul berilmagandi. 

Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Yevropa Komissiyasi rahbari Ursule fon der Lyayenning o‘rindig‘i bilan bog‘liq vaziyatdan keyin Turkiya rahbari Erdo‘g‘anni tanqid qilgan edi. Dragi, shuningdek, Erdo‘g‘anni diktator deb atagandi.  

So‘ng, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Mario Dragining so‘zlariga javob qaytargandi. 


Maqola muallifi

Teglar

fon der Lyayen

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing