Makron va fon der Lyayen Xitoy bilan yaqinlashish nuqtalarini qidirmoqda

Olam

image

Bugun, 6 aprel kuni Pekinda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning Xitoy yetakchilari bilan bir qator uchrashuvlari boshlandi. Bu muzokaralar ko‘p yillik qarama-qarshiliklardan so‘ng blokning Xitoy bilan munosabatlarida yangi yo‘nalish belgilashi mumkin. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Aytilishicha, Makron va fon der Lyayen allaqachon Bosh vazir Li Syan bilan uchrashgan. Fransiyalik siyosatchi rais Si Szinpin bilan ham muzokaralar o‘tkazgan. Makron Yevropa Xitoy bilan savdo va diplomatik aloqalarning qisqarishiga qarshi turishi va munosabatlardagi keskinlik spiralini rad etishi kerakligini ta’kidlagan.

Ikkala yevropalik siyosatchi ham Pekinni Rossiyaga o‘z ta’siridan foydalanishga va uni mojaroda Moskvani bevosita qo‘llab-quvvatlamaslikka ko‘ndirishga harakat qilish niyatida ekanini yashirishmagan.

Tahlilchilarning aytishicha, bu duyet “yaxshi politsiyachi va yomon politsiyachi” rolini o‘ynashi mumkin. Makron munosabatlarni tiklashga intilsa, va fon der Li Syan munosabatlardagi yanada nozik masalalar va “qizil chiziqlar”ni muhokama qilishni boshlashi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kishidan iborat Fransiya delegatsiyasining to‘rtdan uch qismini mamlakat biznes rahbarlari tashkil etadi. Chap qanot deputat Rafael Gluksman esa buni yomon ekanini ta’kidlagan.

“Maqsad birinchi navbatda shartnomalar imzolash. Yevropadagi bahs-munozaralar bizning Xitoyga bog‘liqligimiz va Xitoyning aralashuviga qaratilgan bo‘lsada, bunday xatti-harakatlar noo‘rin”, deydi siyosatchi.

Fransiya Prezidenti va Yevrokomissiya rahbari ham ikki tomonlama, ham uch tomonlama formatda muzokaralar olib bormoqda. Bu tashrif chog‘ida ularning Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuviga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Makron fon der Lyayen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing