Fon der Lyayen ham Stoltenbergning o‘rnini ko‘zlayapti
Olam
−
01 aprel 2023
4637Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen NATO Bosh kotibi lavozimiga nomzodlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, NATOga a’zo ba’zi davlatlar 2022 yilning oktyabridayoq fon der Lyayenni alyansga rahbarlik qilishga chaqirgan. E’tiborli jihati shundaki, uning Yevrokomissiya raisi sifatidagi vakolatlari ham keyingi yilda tugaydi.
Biroq fon der Lyayenning tayinlanishiga yevroskeptik kuchlar, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Manbaga ko‘ra, London boshqa NATO a’zolari e’tiborini fon der Lyayenning 2013–2019 yillarda Germaniya Mudofaa vazirligida ishlagan davridagi past ko‘rsatkichlariga qaratmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq amaldagi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg joriy yilning sentyabr oyida o‘z vakolatini tugatishini ma’lum qilgan edi. Uning o‘rnini egallash uchun Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas, Kanada Bosh vaziri o‘rinbosari va Moliya vaziri Xristia Friland hamda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles da’vogarlik qilayotgani aytilgandi.