Yevrofutbol: APLda “qizillar kuni”, Ronaldusiz “Yuventus” sharmanda bo‘ldi, “Real”da g‘alaba

Sport

image

Kecha, 28 avgust kuni Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida bir qator etiborga molik o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Angliya chempionatining 3-turida “Liverpul” va “Chelsi” durangga imzo chekdi. Xavers va Salohning gollari 1:1 hisobi qayd etilishiga zamin yaratdi. Birinchi taym yakunida londonliklar himoyachisi Ris Jeyms to‘pni qo‘li bilan qaytargani uchun qizil kartochka bilan “siylandi”. 

“Manchester Siti” esa “Arsenal”ni yanchib tashladi. “To‘pchilar” yarim himoyachisi Granit Jaka 35-daqiqada maydondan chetlatildi. Biroq ungacha “Siti” ikkita to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi. Uchrashuv 5:0 hisobida manseterliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Italiya chempionatining 2-turida “Yuventus” Ronaldu ketganidan keyingi birinchi o‘yinni boy berdi. “Alyans stedium”da “Empoli” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Turinliklar ikki turdan so‘ng, atigi 1 ochko jamg‘ardi. “Latsio” esa debyutant “Spays”ni 6:1 hisobida taslim etdi. 

“Real” Ispaniya chempionatining 3-turida “Betis” ustidan g‘alaba qozondi. Karvaxalning goli “Qirollik klubi”ga 3 ochko qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sevilya” “Elche” bilan durang o‘ynadi. Xulen Lopetegi shogirdlari ham madridliklar bilan bir xil ochko jamg‘argan.

Germaniya chempionatining uchinchi turida “Bavariya” “Gerta”ni ayab o‘tirmadi – 5:0. Robert Levandovski uchrashuvda xet-trikka erishdi. 

Shuningdek, bugun, 29 avgust kuni “Manchester Yunayted” – “Vulverxempton”, “Braselona” – “Xetafe”, “Vilyarreal” – “Atletiko”, “Reyms” – PSJ o‘yinlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Barselona Real Yuventus Bavariya Liverpul' La Liga Bundesliga

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing