Yevro-2024: Germaniya muddatidan avval nimchorak finalga chiqdi

Sport

image

Kecha, 19 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari boshlandi. Tur doirasida “A” guruhida 2 ta, “B” guruhida 1 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“A” guruhi peshqadami mezbon Germaniya Vengriya bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda gollarga Jamol Musiala va Ilkay Gyundogan mualliflik qildi. Shunday qilib, Germaniya 6 ochko bilan muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Shotlandiya Shveysariya bilan kuch sinashdi. Bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Gollarga Shotlandiyadan Skot Maktominey, Shveysariyadan esa Jerdan Shakiri mualliflik qildi.

“B” guruhida o‘tgan turda mag‘lub bo‘lgan ikki jamoa Xorvatiya va Albaniya to‘qnash keldi. Birinchi turda Italiyaga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatgan Albaniya bu turda ham kutilmagan natija qayd etib, xorvatlarga qarshi bahsda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Xorvatiyadan Andrey Kramarich yagona golga mualliflik qilgan bo‘lsa, qolgan 3 ta gol albanlar tomonidan kiritildi. Kyazim Lyachi va Klaus Gyasulya Albaniya foydasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, 76-daqiqada Gyasulya o‘z darvozasini ham ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikki turdan keyin “A” guruhida Germaniya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 4 ochko jamg‘argan Shveysariya esa 2-o‘rinni band etgan. Shotlandiya hisobida 1 ochko mavjud bo‘lsa, Vengriya hali turnirda ochko ishlab ulgurmadi.

“B” guruhida esa Albaniya va Xorvatiya 1 ochkodan to‘plab 3-4 o‘rinlarni band etgan. Bu guruhda Ispaniya va Italiya yetakchilik qilmoqda.

Oxirgi 3-turda Germaniya Shveysariya bilan, Shotlandiya esa Vengriyaga qarshi maydonga tushadi. Albaniya 3-turda Ispaniya bilan, Xorvatiya Italiya bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi. O‘yinlar 24-25 iyun kunlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing